23:39 / 16.03.2016
1853

Xitoy navbatdagi besh yillik rejasini qabul qildi

12-chaqiriq Butunxitoy xalq vakillari yig‘ilishi 4-sessiya yopilishi marosimida 13-beshyillik rejasini qabul qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Bu rejada Xitoyning 2016-2020 yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari va ko‘zda tutilgan ko‘rsatkichlari belgilab qo‘yilgan.

Marosimda ishtirok etgan 2859 delegatdan ushbu reja to‘g‘risidagi qonun loyihasining qabul qilinishiga 2778 delegat ovoz berdi. Taklif qilingan beshyillik rejasiga 53 kishi qarshi chiqdi va 25 kishi betaraf qoldi.

Yangi beshyillikda Xitoy hukumati yalpi ichki mahsulotning o‘rtacha yillik o‘sishini 6,5 foizdan kam bo‘lmagan darajada bo‘lishini prognoz qilmoqda. Shu tariqa navbatdagi beshyillik oxiriga kelib Xitoy yalpi ichki mahsuloti taxminan 90 trln yuanga (13,8 trln dollarga) yetadi.

Top