09:57 / 17.03.2016
1646

Yevropa Chempionlar ligasining chorak finalida o‘ynaydigan 8 jamoa nomi ma'lum bo‘ldi

16 mart oqshomida o‘tkazilgan javob uchrashuvlaridan keyin YeChLning chorak finalida o‘ynaydigan yana ikki jamoa nomi ma'lum bo‘ldi. «Barselona» ikkinchi uchrashuvda ham «Arsenal»ni yengib keyingi bosqichga o‘tgan bo‘lsa, «Bavariya» qo‘shimcha bo‘limlarda «Yuventus»ni yengib, chorak final masalasini hal qildi.

 

Turnirning chorak finali uchun qur'a tashlash marosimi 18 mart kuni Shveytsariyaning Non shahrida bo‘lib o‘tadi.

Yevropa Chempionlar ligasining chorak finalida o‘ynaydigan jamoalar: «Bavariya» (Germaniya), «Barselona» (Ispaniya), «Real» (Ispaniya), «Manchester Siti» (Angliya), «Volfsburg» (Germaniya), «Atletiko» (Ispaniya), PSJ (Fransiya), «Benfika» (Portugaliya).

Qayd etish kerakki, keyingi bosqichda bir mamlakat vakillari o‘zaro to‘qnashishi mumkin. YeChLning chorak finalidagi birinchi uchrashuvlar 5-6 aprel kunlarida bo‘lib o‘tadi, javob uchrashuvlari 12-13 aprel kunlariga belgilangan.

Top