14:43 / 17.03.2016
1424

Yevrokomissiya rahbari: Turkiya Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishga tayyor emas

Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunkerning fikricha, Turkiya Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lishga hali tayyor emas.

Migratsiya inqirozi masalalarini hal etishda Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni kuchaytirganiga qaramasdan, Turkiya yaqin o‘n yillik davrda Yevropa blogiga qo‘shilishga umid qilmasligi kerak, dedi Yunker Handelsblatt nashriga bergan intervyusida.

Yunker, shu o‘rinda 17-18 mart kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan sammit chog‘ida migratsion inqiroz bo‘yicha kelishuvga erishiliga umid qilayotganini bildirdi.

“Men ehtiyotkorona optimizm his qilyapman”, - dedi YeI raisi suhbat davomida.

Top