11:48 / 18.03.2016
1319

Donald Trampning o‘g‘liga shubhali yo‘llanma yuborishdi

18 mart kuni AQSh prezidentligiga da'vogar Donald Trampning o‘g‘li pochta orqali shubhali oq kukun qabul qilgan.

ABC telekanalining xabariga ko‘ra, yo‘llanma milliarderning 32 yoshli o‘g‘li istiqomat qiluvchi Nyu-Yorkning markaziy qismidagi uyga yetkazilgan.

Nyu-York politsiyasining guvohlik berishiga qaraganda, shubhali maktub huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘rganilmoqda va voqea natijasida hech kim jabr ko‘rmagan.

Top