18:33 / 18.03.2016
1410

Erdo‘g‘an Yevropani kurdlarning hujumidan ogohlantirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an kurd jangarilari Yevropada ham hujum uyushtirishlari mumkin, deb ogohlantirdi.
U bu haqda Anqara teraktiga izoh berish chog‘ida aytib o‘tdi, deb xabar beradi Reuters.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Anqarada portlagan bomba Bryussel yoki boshqa Yevropa shahrida portlamasligiga kafolat yo‘q”.
“Siz quchog‘ingizga olib uxlayotgan ilon istagan payt sizni chaqishi mumkin”, - deb qo‘shimcha qildi Erdo‘g‘an.

Top