00:58 / 18.03.2016
1945

Portugaliya, Fransiya va Angliya terma jamoalari Yevro-2016 uchun rasmiy kiyimlarini namoyish qildi

Portugaliya terma jamoasi Euro-2016 musobaqasida ishtirok etadigan kiyimlaridan birini namoyish qildi. Kiyim jamoa uchun an'anaviy qizil rangda, to‘q-qizil yeng va yashil getralar ko‘rinishida ishlangan.

Jamoa yangi kiyimda 25 martda Bolgariyaga va 29 martda Belgiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.

Ushbu kiyim taqdimot roligida jamoa futbolchilari Andre Andre, Vilyam Karvalyu, Danilu va Joau Mariolar ishtirok etishdi, biroq jamoaning bosh yulduzi Krishtianu Ronaldu unda ko‘rinmadi.

Fransiya termasi ham Yevro-2016 uchun o‘z kiyimini taqdim qildi. Frantsuzlarning texnik hamkori sifatida Nike kompaniyasi chiqmoqda. 

Ta'kidlash joizki, musobaqani qabul qiladigan mamlakat jamoasi “uch rangli” uy kiyimida yana qizil rang berilmagan, biroq ko‘k rangning ikki tusidan foydalanilgan. 

Shuningdek, Angliya termasi ham Yevro-2016 uchun o‘z kiyimini taqdim qildi. Jamoa 26 martdagi Germaniyaga va 29 martdagi Gollandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonda aynan shu kiyimda harakatlanadi.

Jamoa matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, jamoa asosiy oq rang va havorangdagi yeng ko‘rinishida ishlangan yangi kiyimdan shu oydan boshlab foydalanishni boshlaydi.

Manba: tribuna.uz

Top