15:31 / 18.03.2016
9896

Toshkentdagi supermarketda 1 kg dovuchcha 119 ming so‘mdan sotilmoqda

Toshkentdagi supermarketlarda “Dovchani sevib iste'mol qiluvchilar uchun mavsum ochiq!” e'lonlari osilgan. Feysbukdagi “Potrebiteli.uz” guruhi foydalanuvchisining yozishicha, supermarketlardan birida 1 kg dovuchchaning bahosi 119 ming so‘m.

Tarmoqda yozilishicha, Next savdo majmuasining birinchi qavatida maxsus idishlarga solingan dovuchchalar grammiga qarab, 10-15 ming so‘mdan sotilmoqda. Yana bir foydalanuvchi esa Sirg‘ali tumanidagi Korzinka supermarketida dovchaning 1 kilogrammi 119 ming so‘mdan sotilayotganini aytgan.

Mazkur do‘konlarga o‘z vaqtidan erta hosil bo‘lgan dovuchchalar qayerdan olib kelinayotgani ma'lum emas.

O‘tgan yili Korzinka supermarketi o‘zining Facebook’dagi sahifasida do‘konlarida dovuchcha sotilayotganini aprel oyining boshida ma'lum qilgandi. O‘shanda uning 1 kilogrammi 14 ming 490 so‘mdan sotilgandi.

Top