07:06 / 19.03.2016
1576

Instagram foydalanuvchilari postlar tasmasidagi o‘zgarishlarga qarshi chiqmoqdalar

Change.org saytida Instagram foydalanuvchilari postlarning xronologik tartibda, ya'ni sanaga qarab berilishini o‘zgartirmaslikni talab qilayotgan arznoma paydo bo‘ldi.

Arznoma matniga ko‘ra, postlar berilishining yangi algoritmik usuli kichik biznes va artistlarga ziyon yetkazishi mumkin, chunki arznoma mualliflarining fikricha, bunday toifadagi foydalanuvchilarning postlari ustuvor bo‘lmaydi va ular o‘z xizmatlarini halollik bilan ilgari surish bilan shug‘ullana olmaydilar.

Ayni vaqtda arznomani deyarli 160 ming kishi imzoladi.

Avvalroq Instagram postlarni ko‘rsatish tartibi o‘zgarishini e'lon qilgandi, endi postlar xronologik tartibda emas, fotosuratning dolzarbligiga bog‘liq ravishda ko‘rsatiladi.

Top