12:00 / 19.03.2016
2824

Rostovda halokatga uchragan samolyotda bo‘lganlarning to‘liq ro‘yxati e'lon qilindi

Rossiya FVV saytida Rostov-Donga qo‘nish vaqtida halokatga uchragan Boeing 737-800 samolyoti bortida bo‘lgan yo‘lovchilarning to‘liq ro‘yxati e'lon qilindi.

Ma'lum qilinishicha, samolyot bortida jami 62 kishi bo‘lgan, ulardan 55 nafari yo‘lovchilar va 7 nafari ekipaj a'zolari.

Yo‘lovchilarning 5 nafari hamda ekipajning barcha a'zosi xorijlik bo‘lgan. Ekipaj a'zolari BAA kompaniyasi FlyDubai’ning xodimlari bo‘lishgan. Ular gretsiyalik va kiprlik ekani ma'lum qilingan.

Bundan oldinroq, Ispaniya va Ukraina bu halokat natijasida o‘z fuqarolari halok bo‘lganini tasdiqladi.

Shuningdek, bu samolyotda o‘zbekistonlik yo‘lovchi bo‘lgani haqida xabar berilgan. Ayni vaqtda O‘zbekiston TIV bu ma'lumotni tekshirmoqda.

Ayni vaqtda Rossiya FVning Rostov viloyati bo‘yicha bo‘limida ushbu samolyot halokati qurbonlari haqida ma'lumot olish uchun 8-863-23-99999 telefon raqami ishlamoqda. Shuningdek, aviahalokat bo‘yicha ma'lumotlar olishda 8-800-775-17-17 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Yo‘lovchilar ro‘yxati
1. Larisa Allen
2. Janna Andreyeva
3. Elvira Belyakova
4. Viktor Bespechnov
5. Viktoriya Bevzyuk
6. Marina Bevzyuk
7. Yuliya Bezglasnaya
8. Sergey Bezglasnyy
9. Galina Bolgova
10. Aleksandr Bojko
11. Olga Bojko
12. Alina Berezina
13. Konstantin Chebotarev
14. Svetlana Chebotareva
15. Dmitriy Chernov
16. Yelena Chernova
17.Kirill Chistyakov
18. Oleg Chistyakov
19. Viktoriya Chistyakova
20. Vladimir Felyanin
21. Valeriy Gamov
22. Lyudmila Goncharova
23. Yelena Kaliberda
24. Sergey Kaliberda
25. Olesya Karavantseva
26. Irina Karpenko
27. Nikolay Karpenko
28. miss ANJU Katervel Ayyapan
29. Olga Klimenko
30. Pavel Koposov
31. Anastasiya Koposova
32. Darya Koposova
33. Lyudmila Koposova
34. Tatyana Kravchenko
35. Raisa Loboda
36. Olga Mayachenko
37. Sayam Moxan
38. Inna Negodayeva
39. Anna Osipova
40. Galina Pakus
41. Igor Pakus
42. Aleksey Shantsin
43. Irina Shantsina
44. Nikolay Shlipchenko
45. Valentina Somina
46. Anna Shershiyeva
47. Natalya Tarasenko
48. Svetlana Shexelskaya
49. Danilo Shexelskiy
50. Pavlo Shexelskiy
51. Natalya Veremeyevskaya
52. Aleksandr Veremeyevskiy
53. Vitaliy Veremeyevskiy
54. Valentina Voronova
55. Larisa Jyeved

Ekipaj a'zolari ro‘yxati
1. Sokratous Aristos
2. Alava Kruz Alexandro
3. Kurbelo Karo Javer Alexandro
4. Aurdus Maksim
5. Konfait Aleks Dominik Yoram
6. Delakrus Laura Patritsiya
7. Nazirdinova Julduz

Top