08:07 / 20.03.2016
1515

Kiyevliklar Rossiya elchixonasi oldiga aviafalokat qurbonlarini yod etib gullar olib kelmoqdalar

Kiyevliklar Rostov-Donda halokatga uchragan Boeing 737-800 samolyoti qurbonlarini yod etib, Rossiya elchixonasi oldiga gullar olib kelmoqdalar. Bu haqda Ukrainaning “Vesti” nashri xabar berdi

Ma'lum qilinishicha, aksariyat odamlar chinnigul (gvozdika) va sariq atirgullar olib kelmoqdalar. Ba'zi guldastalarga “Rossiya! Qayg‘udamiz. Aqli raso kiyevliklar” degan yozuvi bor tablichkalar biriktirilgan. 

19 martda tungi payt Dubaydan kelayotgan Boeing 737-800 samolyoti Rostov-Don aeroporti yaqinida qulagan. Ma'lumotlarga ko‘ra, aviafalokat oqibatida 62 kishi, jumladan 8 nafar ukrainalik halok bo‘lgan.

Top