13:37 / 20.03.2016
1395

Nikolay Valuyev Qozog‘istonda o‘tayotgan saylovda qonun buzilish holatini qayd etdi

Rossiya davlat dumasi deputati Nikolay Valuyev Qozog‘istonda o‘tayotgan parlament saylovida kuzatuvchi maqomida ishtirok etmoqda va u saylovda bir marta qonun buzilish holati qayd etilganini e'tirof etgan. Bu haqda Tegrinews.kz xabar bermoqda.

Sobiq bokschining qayd etishicha, saylov uchastkasiga tashrif buyurgan bir saylovchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatmagan holda byulleten olgan. Umumiy ma'noda esa u o‘tayotgan saylovdan ko‘ngli to‘lganligini aytib o‘tgan.

“Ertalabdan odam ko‘p. Qayerdadir saylovga 5-10 foiz odam kelgan, yana qayerdadir u tugamoqda. Barcha narsa tashkillashtirilgan”, — dedi Valuyev.

Avvalroq Rossiya davlat dumasi deputati Iosif Kobzon Qozog‘istonda o‘tayotgan parlament saylovlarini ijobiy baholagan edi.

Top