00:07 / 21.03.2016
1395

Barak Obama Kubaga rafiqasi, qizlari va qaynonasi bilan uchib ketdi

AQSh prezidenti Barak Obama Air Force One samolyoti bortida Vashingtondagi Endryus harbiy-havo bazasidan Kubaga uchib ketdi, deb xabar bermoqda Oq uy.

Safarda Obamaga uning rafiqasi Mishel Obama, qizlari Maliya va Sasha hamda qaynonasi Merian Robinson hamrohlik qiladi.
Obama bilan Kubaga tashrif buyuradigan AQSh delegatsiyasiga vakillar palatasidagi demokratik ozchilik yetakchisi Nensi Pelosi, senator Patrik Lixi, Dik Durbin va Jyeff Fleyk ham kirdilar.

Obama Kubaga tashrif buyurgan birinchi AQSh prezidenti bo‘ladi.

Obama Kubada 2 kun bo‘ladi va Kuba yetakchisi Raul Kastro, mahalliy dissidentlar bilan uchrashadi hamda Kuba xalqi oldida nutq so‘zladi.

Top