09:02 / 21.03.2016
1233

Boeing aviahalokatidan so‘ng Rostov-Dondagi aeroport uchish-qo‘nish yo‘lagi qayta tiklandi

Rostov-Dondagi uchish-qo‘nish yo‘lagi Boeing 737-800 yo‘lovchi samolyoti aviahalokatga uchraganidan so‘ng, qayta tiklandi, deb xabar bermoqda Rossiya FVV matbuot xizmati.

“Yo‘lakni qayta tiklash ishlari yakuniga yetdi”, — deyiladi xabarda.

Uchish-qo‘nish yo‘lagi 350 kv. m maydonda tiklanishi lozim edi. Bundan tashqari, aviahalokat natijasida elektr tarmoqlari, to‘siqlar va o‘nlab yorug‘lik signalli chiroqlari zarar ko‘rgan.

Top