08:51 / 21.03.2016
1310

Daniya sobiq bosh vaziri Anker Yorgensen 93 yoshida vafot etdi

Daniya sobiq bosh vaziri Anker Yorgensen 93 yoshida olamdan o‘tdi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Yorgensen Daniyada iqtisodiy muammolar va siyosiy beqarorlik davrlarida — 1972-1973 hamda 1975-1982 yillarda hukumatni boshqargan. U soliqlarni oshirish va xarajatni qisqartirish siyosati omadsiz bo‘lgach, iste'fo berishga majbur bo‘ladi.

Sobiq bosh vazirning vafoti haqida mamlakatning sotsial-demokratik partiyasi xabar bergan.

O‘limning aniq soati va sabablari ko‘rsatilmagan.

Top