17:15 / 21.03.2016
1288

OAV: Parij terakti tashkilotchisi 13 zirhli eshikdan iborat kameraga qamaldi

Parijda sodir etilgan terakt tashkilotchisi Saloh Abdisalom Belgiyaning Bryugge shahridagi qattiq rejimli yerosti qamoqxonasiga qamaldi, deb xabar bermoqda La Derniere Heure.

Nashrning xabar berishicha, Abdislom o‘tirgan kameraga borish uchun 13ta zirhli eshik va turli signalizatsiyaga ega 3ta panjarali to‘siqdan o‘tish kerak bo‘ladi. Ma'lum qilishlaricha, u tashqi dunyo bilan va qo‘shni mahbuslar bilan hech qanday aloqa qila olmaydi. Abdislomning oldiga faqatgina uning advokati kira olishi mumkin.

Avvalroq Saloh Abdislom 18 mart kuni Bryusselda qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.

Top