03:09 / 21.03.2016
1564

"Real" o‘z uyida "Sevilya"ni yirik hisobda tor-mor etdi

Ispaniya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan "Real" Madrid – "Sevilya" bahsi o‘z yakuniga yetdi. Uchrashuvni faol boshlagan madridliklar 6 daqiqaga kelib hisobda oldinga chiqib oldi. Benzema o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Ronaldu penaltidan unumli foydalana olmaganidan so‘ng 64 daqiqaga kelib baribir o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga erishdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib Beyl sahnaga chiqdi. Uchrashuv so‘ngida Xese oyinga yakuniy nuqta quyib "Real"ning ishonchli g‘alabasini taminladi

Ispaniya Primerasi, 30-tur
Real Madrid - Sevilya 4:0
Gollar: Benzema, 6 (1:0); Ronaldu, 64 (2:0); Beyl, 66 (3:0); Xese, 86 (4:0).

"Real" Madrid - Navas, Varan, Marselo, Danilo, Nacho, Kroos, Kazemiro, Modrich, Beyl, Ronaldu, Benzema.

"Sevilya" - Riko, Figeyrash, Kolodzeychak, Rami, Eskudero, Iborra, Kryxovyak, Koke, Kristoforo, Tremulinas, Gameyro.

Top