15:20 / 21.03.2016
1361

Twitter ijtimoiy tarmog‘i 10 yoshga to‘ldi

Butun dunyodagi internet foydalanuvchilarining muloqot maydoni bo‘lmish Twitter ijtimoiy tarmog‘iga asos solinganiga 10 yil to‘ldi. Bugun tarmoq foydalanuvchilari shu munosabat bilan #LoveTwitter xeshtegi ostida tvitlar qoldirishmoqda va bu heshteg trendning eng yuqorisida turibdi.

2006 yil 21 mart kuni uning asoschilaridan biri Jyek Dorsi "Men o‘z tvitterimni yaratyapman" degan ilk tvitini yozgandi. O‘tgan vaqt ichida ijtimoiy tarmoq 35 tilda yuritiladigan, oylik auditoriyasi 320 million foydalanuvchiga yetadigan katta resursga aylandi. Dunyoning 35 davlatida kompaniya ofislari joylashgan. Akkauntlar 79 foizi AQShdan tashqarida ochilgan.

"Twitter jahonda qanday yangiliklar ro‘y berayotganini qulay usulda bilish uchun eng yaxshi vosita. Uni allaqachon ulg‘aygan bolakayga o‘xshatish mumkin. Mazkur servis yangiliklarni bir zumda tarqatish imkoniyatini beradi", — deya kompaniya asoschisi va boshqaruvchisi Jyek Dorsi NBC telekompaniyasiga bergan intervyusida.

Twitter 140 ta belgidan iborat cheklovni bekor qilmaydi

"Biz bir qancha o‘zgarishlarni amalga oshirdik. Lekin tvitda belgilardan foydalanish bo‘yicha cheklov o‘z o‘rnida qoladi. Bu biz uchun yaxshi cheklagich, u lo‘nda bo‘lish imkonini beradi", deydi Dorsi.

Shu tariqa, Dorsi OAVlarda Twitter tez orada bitta tvitdagi belgilar soniga qo‘yilgan cheklovni olib tashlashi haqida vaqti-vaqti bilan paydo bo‘lib turgan xabarlarni rad etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Twitter foydalanuvchilarga hozirgi 140 belgi o‘rniga 10 minggacha belgidan iborat hajmdagi postlarni joylashtirish imkoniyatini berishni rejalashtirayotgani aytilgan edi.

Top