14:48 / 22.03.2016
1806

7-Eleven supermarketiga tashrif buyurgan odamlar cheksiz yaxna ichimliklarni unitazga solib ketishdi

Amerikaning 7-Eleven supermarketlari tarmog‘i “Bring Your Own Cup” nomli aksiya o‘tkazdi. Aktsiya joirasida mevali sirop va suv asosida tayyorlanuvchi Slurpee yaxna ichimligining 50 yilligi sababli uni cheklanmagan miqdorda o‘zingiz bilan olib ketish mumkin bo‘ldi.

Bu kim qanday konteyner keltirishiga bog‘liq edi: idish hajmiga qanday bo‘lishidan qat'iy nazar 1.5 dollar evaziga Slurpee ichimligini istagancha to‘ldirib olish imkoni berildi. Aktsiya ikki kun – 18-19 mart kunlari davom etdi.

E'tiboringizga aksiyada eng noodatiy idishlar bilan tashrif buyurgan mijozlarning suratlarini taqdim etamiz. Ba'zilar rezinali etik yoki akvariumga ichimlikni to‘ldirib olishgan bo‘lsa, ayrimlar hattoki, tog‘oralar va unitazlarda Slurpeeni olib ketishdi.

Nima ham deymiz?! Oramizda cheklanmagan imkoniyatlardan foydalanib qolishga intiluvchi, “Tugamasdan yeb qol” shioriga amal qilib yashovchi insonlar ham kam emas.

Top