18:33 / 22.03.2016
1459

Aun San Su Chji Myanma TIVga boshchilik qilishi mumkin

Nobel mukofoti laureati Aun San Su Chji Myanmaning tashqi ishlar vaziri bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda jahon OAVi.

Yangi prezident Txin Chjo tomonidan parlamentga taqdim etilgan 18 da'vogarlar ro‘yxatida uning ismi ham mavjud.

Avvalroq, yozuvchi va professor Txin Chjo mamlakatning prezidenti etib saylangan edi.

Aun San Su Chji Myanmaning eng mashhur siyosat arboblaridan biri hisoblanadi, lekin qonun bo‘yicha u prezident bo‘la olmaydi. Tahlilchilar uning hukumat almashganidan so‘ng davlatda hech qanday lavozimni egallashini kutishmagan edi. Ammo endi uning mamlakat bosh diplomati lavozimini egallashining katta ehtimoli mavjud.

Top