16:40 / 22.03.2016
3224

Belgiya bosh vaziri terakt munosabati bilan chiqish qildi

Belgiya bosh vaziri Sharl Mishel mamlakat poytaxti Bryussel shahrida sodir etilgan teraktlar munosabati bilan rasmiy chiqish qildi. Bu haqda RTBF xabar tarqatgan.

Bosh vazir Bryusselda 2ta yirik terakt sodir etilganini tasdiqlgan: aeroport va metroda. Bundan tashqari u mamlakatda terroristik tahdidning eng yuqori darajasi yuzaga kelganini e'lon qilgan.

Sharl Mishelning so‘zlariga ko‘ra, portlashlardan biri terrorchi hudkush tomonidan sodir etilgan. Belgiya hukumati terakt qurbonlarining aniq miqdori haqida ma'lumot keltirmagan.

U federal prokuror bilan birgalikda uyushtirilgan matbuot anjumani chog‘ida anchadan beri qo‘rquv bilan kutilayotgan voqea sodir bo‘lgani haqida aytib o‘tgan.

"Biz qo‘rquv bilan kutayotgan ish sodir bo‘ldi. Bizning mamlakatimiz qo‘rqoqlik va shafqatsizlik bilan uyushtirilgan teraktdan aziyat chekdi", deydi bosh vazir.

Bundan oldinroq, OAVda davomli portlashlar tufayli halok bo‘lganlar soni 28 nafarni tashkil qilayotgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top