20:54 / 22.03.2016
1621

Belgiya OAVida teraktlarning taxminiy ijrochilari suratlari tarqaldi

Belgiyadagi Derniere Heure gazetasida bugun Bryusselda portlashlarni sodir etganlikda gumon qilinayotgan 2 shaxs suratlarini chop etdi.

Gazetadagi suratlardan biri Belgiya poytaxtidagi aeroportning kuzatuv kameralari orqali tasvirga olingan. Unda 2 yigitning o‘z yuklari bilan ketayotganini ko‘rish mumkin.

Suratlar La Libre Belgique gazetasida ham chop etilgan. Suratlardan birida 3 yigit tasvirlangan, birinchi suratdagi qora kiyimli 2 yigit yonida kulrang kurtkadagi yigitni ko‘rinadi. Bu suratlar portlashlardan biroz oldinroq olingan.

Eslatib o‘tamiz, 22 mart, seshanba kuni Bryussel aeroporti va metrosida kamida 4ta portlash yuz berdi. Portlashlar oqibatida 31 kishi halok bo‘lgan va 200ga yaqin kishi jarohatlangan.

Teraktlar uchun javobgarlikni IShID terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga oldi.

Yevropa markazida terakt. Belgiya fojiasi. Onlayn

Top