16:31 / 22.03.2016
3250

Eyfel minorasi Belgiya bayrog‘i ranglariga burkandi

Parij shahri hokimiyati Eyfel minorasini Bryusseldagi teraktga hamdardlik belgisi sifatida Belgiya bayrog‘i ranglariga burkashga qaror qildi. Bu haqda shahar meri Anna Idaltgoga asoslanib, BFM TV xabar tarqatgan.

"Men belgiyaliklarga hamdardligimni izhor etishni istayman", degan mer.

Bryussel terakti tufayli Eyfel minorasi kun oxirigacha Belgiya bayrog‘i ranglarida bo‘ladi.

Ayni vaqtda dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi Belgiya elchixonalariga qurbonlar xotirasi uchun gullar keltirilishi boshlangan.

22 mart, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:10da Bryusselning «Zaventem» aeroportida ikki portlash yuz berdi, oradan biroz vaqt o‘tib, Bryussel metrosida ham portlashlar yuz bergan. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, bu davomli teraktlarning jami qurbonlari soni 28 nafar yetgan.

Top