16:58 / 22.03.2016
2291

IShID Bryusseldagi teraktlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida faoliyati taqiqlangan IShID terroristik tashkiloti Bryussel aeroportida va metro bekatlarida sodir etilgan teraktlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Misrning "Amaq" nashriga asoslangan holda TASS axborot agentligi xabar tarqatgan.

Eslatib o‘tamiz, 22 mart kunining birinchi qismida Belgiya poytaxtidagi «Zaventem» aeroportida yuz bergan ikki portlash oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘lgani, 30dan ortiq kishi tan jarohati olgan.

Shuningdek, keyinroq shahar metrosining 3ta bekatida 4ta bomba portlagan va 10dan ortiq kishi halok bo‘lgan.

Butun Belgiya bo‘ylab terrorchilik tahdidining eng yuqori darajasi e'lon qilingan.

Top