19:03 / 22.03.2016
1763

OAV: Bryusseldagi teraktdan jabrlanganlarning umumiy soni 200 nafardan ortdi

22 mart kuni Bryusselda amalga oshirilgan davomli teraktlar natijasida jabrlanganlarning umumiy soni 200 nafardan ortgan.

Bundan oldingi xabarlarda 34 kishi halok bo‘lgani, jarohatlanganlar soni 150 nafar ekani aytilgandi.

Frans Press agentligi xabariga ko‘ra, Bryusseldagi aeroportda 2ta portlash yuz berishi tufayli 14 kishi halok bo‘lib, 92 kishi jarohatlangan.

Soir gazetasi xabariga ko‘ra, Bryussel metrosining 3ta bekatida sodir etilgan 4ta portlash natijasida 20 kishi halok bo‘lib, 106 kishi jarohatlangan.

Eslatib o‘tamiz, 22 mart, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:10da Bryussel aeroportida 2ta portlash sodir etildi. Ko‘p o‘tmasdan shahar metrosining "Maalbek", "Shuman" va "Arst-Loi" bekatlarida 4ta portlash yuz berdi.

IShID Bryusseldagi portlashlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Top