17:12 / 22.03.2016
1481

OAV: Facebook Bryusseldagi teraktlar vaqtida «Xavfsizlik tekshiruvi» funksiyasini juda kech ishga tushirdi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Bryussel teraktidan keyin Facebook’da «Xavfsizlik tekshiruvi» funksiyasi juda kechikib ishga tushirilganidan shikoyat qilishmoqda. Bu haqda RTBF xabar bergan.

Qayd etilishicha, Parij terakti vaqtida ijtimoiy tarmoqlarda odamlar o‘z yaqinlarining qayerdaligini bilish uchun feysbukning maxsus xizmatidan qulaylik bilan foydalanishgandi.

Nashrning yozishicha, ba'zi foydalanuvchilar bunda tarafkashlik alomatlarini ko‘rishgan.

Funktsiya yoqilganda, foydalanuvchining halokat hududida joylashgan-joylashmaganligi aniqlanadi, keyin esa «Hammasi joyidami?» degan so‘rov chiqadi. Bunga foydalanuvchi «Men xavfsiz joydaman» deb javob berishi mumkin va bu xabar uning barcha do‘stlariga jo‘natiladi, shuningdek sahifadagi tasmada chop etiladi.

Bryusselning «Zaventem» aeroportida 22 mart, seshanba kuni ikki portlash yuz berdi. Birinchi portlash uchib ketish zalining American Airlines’ga tegishli qismida yuz bergan. Aeroportdagi portlashlar tufayli 17 kishi halok bo‘lgan. Keyinroq shahar metrosining 3ta bekatida 4ta bomba portlagan va 10dan ortiq kishi halok bo‘lgan.

IShID Bryusseldagi teraktlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

Top