15:09 / 22.03.2016
1415

OAV: Internet tarmog‘ida Rostov shahridagi Boeing samolyoti qulashiga oid yangi videolavhalar paydo bo‘ldi

Xabarda ta'kidlanishicha, internet tarmog‘iga Rostov shahrida Boeing 737-800 rusumli havo laynerining qay tarzda halokatga uchraganiga oid yangi lavhalar joylashtirilgan. Bu haqda Privet-Rostov nashri xabar qilmoqda. Ammo, hozircha mazkur videolarning haqiqiyligi biron bir manba tomonidan tasdiqlanmagan. Tasvirda samolyotning birdaniga pasaygani, so‘ngra kuchli portlash sodir bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Bundan avvalroq, fojyea, samolyotning balandligini nazorat qiluvchi rul moslamasining ishdan chiqqani tufayli yuz bergani borasida taxminlar ilgari surilgan edi. FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli Boeing samolyoti 19 mart kuni Rostov aeroportiga qo‘nayotganida halokatga uchragan, uning bortidagi 62 kishining barchasi halok bo‘lgandi.

Top