09:34 / 22.03.2016
1211

Obama: Men Fidel Kastro bilan uchrashishdan xursand bo‘laman

AQSh prezidenti Barak Obama ABC News telekanaliga bergan intervyusida Kubaning sobiq rahbari Fidel Kastro bilan qachondir uchrashishdan xursand bo‘lishini aytib o‘tdi.

"Bizning uchrashishimiz tarixdagi sovuq urushlardan birining barham topishining o‘ziga xos ramzi bo‘ladi", deydi Obama.

Bundan oldinroq, Kubaning amaldagi rahbari Raul Kastro va Obama o‘rtasida Kubadagi siyosiy mahbuslar borasida bahs bo‘lgani xabar qilingandi.

AQSh prezidentining Kubaga tashrifi deyarli 90 yildan buyon endi amalga oshmoqda. Safar chog‘ida prezidentga oila a'zolari, Davlat kotibi Jon Kerri, Kuba bilan muloqotni kengaytirish tarafdori bo‘lgan bir necha nafar respublikachi kongressmen va amerikalik biznesmenlar guruhi ham hamrohlik qilmoqda.

Top