07:47 / 22.03.2016
1245

Rostovda samolyotning qulashiga balandlik ruli sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin

Ekspertlardan biri “Rossiyskaya gazeta” nashriga 19 martda Rostov-Donda Boeing 737-800 yo‘lovchi samolyotining falokatga uchrashiga texnik nosozlik – qotib qolgan balandlik ruli sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Samolyot qulashidan avval bir kilometrga yaqin balandlikka ko‘tarilgan, so‘ngra keskin pastlashni boshlagan. Samolyotning qulash burchagi 325 km/soat tezlikda 45-50 gradusni tashkil qilgan. Ekspertning aytishicha, samolyot yerga deyarli “tumshug‘i bilan sho‘ng‘igan”. Bu orada uchuvchilar va dispetcherlarning suhbati audioyozuvi fojia vaqtida uchuvchilar SOS yordam signalini bermay, bu vaziyatdan mustaqil ravishda chiqib ketishga harakat qilishganidan darak beradi.   

Ekspertning fikricha, balandlik ruli haroratning keskin almashishi tufayli sovuqdan qotib, tishlashib qolgan bo‘lishi mumkin. Uchuvchilar vaqt va kuchlari yetmagani sababli rulni kerakli holatga qaytarishga ulgura olishmagan bo‘lishlari mumkin.

Fojia 62 kishining umriga zomin bo‘ldi.

Top