11:25 / 22.03.2016
1555

Sanders Saudiya Arabistonini terrorizm tarafdori deb hisoblaydi

Saudiya Arabistoni terroristik tashkilotlarni sarmoyalashni to‘xtatib, IShIDga qarshi kurashga diqqatini qaratishi lozim, deb ma'lum qildi Demokratik partiyadan prezidentlikka da'vogar senator Berni Sanders.

CNN telekanali bilan intervyuda Tehron yader dasturi kelishuvi to‘g‘risidagi savolga Sanders ushbu hujjat tarafdori ekanini takroran bildirdi. “Barcha hududlarga nazar tashlasak, o‘ylaymanki, faqat Eron yomon otliq emasligi bilinadi. Boshqa yetakchi mamlakatlarga e'tibor bering. Agar kimdir Saudiya Arabistoni Jyefferson bo‘yicha demokratiya namunasi, deb hisoblasa, bilib qo‘ying, bu mamlakatda ular ham terroristik tashkilotlarni mablag‘ bilan ta'minlashadi”, - deb bildirib o‘tdi Sanders.

“Bundan tashqari”, - davom etdi u, “hozir Qatar 2022 yilda o‘z hududida futbol bo‘yicha Jahon chempionatini o‘tkazishga tayyorgarlik uchun 200 milliard dollar sarflamoqda. Men esa ular IShIDga qarshi kurashda konstruktiv rol o‘ynashlarini xohlagan bo‘lardim”, -deb fikr bildirdi siyosatchi.

Top