16:10 / 22.03.2016
1226

Somalidagi harbiy bazaga uyushtirilgan hujumda 73 nafar harbiy halok bo‘ldi

Jangarilar harbiy yuk mashinalari, qurollar va o‘q dorilar zahirasini egallab olishgan.
Press TV axborot manbasining ma'lumotlariga ko‘ra, "Ash-Shabab" terrorchilik tashkiloti jangarilarining hujumi ana shunday ayanchli natija bilan tugagan. Xabarda aytilishicha, jangarilar Somali poytaxti Mogadishodan 40 km uzoqlikdagi harbiy bazaga hujum qilishgan. Mamlakat harbiy ma'muri jangarilarning hujumini tasdiqlagan bo‘lsa-da, qurbonlar soniga oydinlik kiritmagan.

Hukumat rasmiylari esa aksincha, jangarilar hujumi qaytarilgani xususida bayonot berishdi. Bundan avvalroq, Somalidagi Amerika armiyasi harbiy droni vositasida "Ash-Shabab" terroristik guruhi lageriga berilgan aviazarbalar natijasida 150 nafardan ortiq jangari o‘ldirilgani xabar qilingan edi.

Top