07:19 / 23.03.2016
1366

AQSh Davlat departamenti Bryusseldagi teraktlarda amerikaliklar jabrlanganini ma'lum qildi

AQSh Davlat departamenti vakili Jon Kirbi Belgiya poytaxti Bryusseldagi teraktlarda noaniq sondagi amerikaliklar jabrlanganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Kirbi ayni vaqtda teraktlar oqibatida AQShlik fuqarolar halok bo‘lgani haqida ma'lumot olinmaganini aytdi.

"Biz bir qancha AQSh fuqarolari hujumlar oqibatida jarohat olganini bilamiz, biroq ayni vaqtda ular qancha ekanligidan xabarimiz yo‘q. Biz ayni vaqtda halok bo‘lgan amerikaliklar haqida hech narsa bilmaymiz", deb aytdi Kirbi.

Kirbining aytishicha, vaziyat jadal rivojlanmoqda, shuning uchun Davlat departamenti ayni vaqtda jabrlanganlar soni haqida olgan xabarlarini aytishdan bosh tortdi.

Top