07:51 / 23.03.2016
1937

AQSh prezidenti va Kuba yetakchisining 88 yil ichidagi birinchi qo‘l siqishishi beo‘xshov chiqdi

AQSh prezidenti Barak Obama va Kuba yetakchisi Raul Kastro matbuot-anjumanida bir-birlarini tushunmaganliklari bois ular o‘rtasida qo‘l siqishish beo‘xshov chiqdi, deb xabar bermoqda ABC telekanali.

AQSh prezidenti va Kuba yetakchisi o‘rtasidagi 88 yil ichidagi birinchi uchrashuv vaqtida ko‘plab kameralar nigohi Obama va Kastro o‘rtasida tarixiy qo‘l siqishuvning yuz berishi ilinjida ularga qaratilgan edi. Biroq Obama va Kastro bir-birlarini tushunmaganliklari sababli qo‘l siqishuv beo‘xshov chiqdi.

Bir taxminga ko‘ra, Obama Kastroga qo‘lini cho‘zganda u uning qo‘lini bilagidan ushlab olib, o‘zining boshi ustidan go‘yoki g‘alaba ramzi sifatida silkita boshladi. AQSh prezidenti ham bunga e'tiroz bildirmay, qarshilik ko‘rsatmadi.

Boshqa taxminga ko‘ra, Obama Kastroni yelkasiga qoqib qo‘ymoqchi bo‘lganda, Kastro unga buni qilishiga yo‘l qo‘ymagan.

Obamaning Kubaga safarining o‘zi yoqimsiz holat bilan boshlandi. Bayonnomaga ko‘ra, Obamani aeroportda Kuba yetakchisi Raul Kastroning shaxsan o‘zi kutib olishi kerak edi, biroq uning o‘rniga Obamani kutib olgani aerodromga Kuba tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges kelgan.

Top