09:05 / 23.03.2016
1550

Arovia kompaniyasidan yig‘iluvchi monitor

Arovia kompaniyasi muhandislari ajoyib g‘oyani ilgari surishdi. Bu 24 dyyumli portativ monitor bo‘lib, u yig‘iluvchi konstruksiyaga ega va yonda olib yurish uchun mo‘ljallangan.

Gadjyet SPUD nomini olgan bo‘lib, soyabonga o‘xshab ochiladi. Uning hajmi 190x142x56 mm, vazni esa atigi 680 grammni tashkil etadi. Faol holatda SPUD 1280x720 pikselga ega proyektsion panelga aylanadi.

Arovia SPUD HDMI yoki WiDi tizimi orqali signal qabul qiladi. Tayyor qurilma 4 soat mustaqil ravishda ishlashga yetadi. Uning kutilayotgan bahosi - 300 dollar.

Top