14:14 / 23.03.2016
1492

Bryussel teraktida 40 ta davlat fuqarolari jabr ko‘rgan

Bryussel aeroporti hamda metrosida halok bo‘lgan va jabr ko‘rganlar orasida 40 ta davlat fuqarolari bo‘lgan. Bu haqda Belgiya bosh vaziri, tashqi va Yevropa ishlari vaziri Dide Reynders ma'lum qildi.

“Biz barcha 40 ta turli mamlakat elchixonalari bilan muloqotda bo‘lib turibmiz, biroq, ayniqsa metrodagi portlash oqibatida halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash qiyin bo‘lyapti”, -deydi bosh vazir.

Belgiya Ichki ishlar vaziri Yan Yambon fojyeada qurbon bo‘lganlarning soni bo‘yicha ma'lumotlar hali tasdiqlanmaganini bildirdi.

Top