18:59 / 23.03.2016
1535

Bryusseldagi teraktning uchinchi ijrochisi Abdislomning xabarchisi bo‘lib chiqqani haqidagi xabar tasdiqlanmadi

Bryussel politsiyasi tomonidan Bryussel teraktiga aloqadorligi aytilgan va bu Parij terakti tashkilotchisi sifatida ayblangan Saloh Abdislomning xabarchisi Najib Lashravi ekani aytilgan xabar tasdiqlanmadi. Bu haqda Derniere Heure xabar tarqatgan.

U Bryusselga kelganlardan biri sifatida qaralayotgandi. Uning DNKsi Parij aeroportda topilgan bombada aniqlangan.

Nashrning yozishicha, Belgiya prokuraturasi matbuot anjumani o‘tkazib, bu haqda batafsil ma'lumot beradi.

Lashravi 2014 yilning martida Belgiya politsiyasi tomonidan qidiruvga berilgandi. Unga terrorchilik bilan shug‘ullanish aybi qo‘yilgan, prokuror unga 15 yillik qamoq jazosi talab qilgandi.

The Daily Mail nashri ma'lumotlariga ko‘ra, 24 yoshli Lashravi Bryusseldagi bombalarni tayyorlashda ishtirok etgan bo‘lishi mumkin. Uning izlari Parijdagi "Bataklan" teatrida va "Stad-de-Frans" stadionida portlatilgan bombalarda ham bor edi. U Parij terakti tashkilotchilari Abdulhamid Abaud va Saloh Abdislom bilan qalin aloqalarda bo‘lgan.

Ayni vaqtda uning qayyerdaligi ma'lum emas. 2013 yilda u Suriyaga yo‘l olgan, 2014 yilda xalqaro qidiruvga berilgandi. U IShIDning belgiyalik yoshlar orasidagi bosh targ‘ibotchisi ekani aytiladi. U Sufyon Kayal laqabi ostida faoliyat ko‘rsatadi.

Bryussel aeroportidagi terakt ijrochiligida gumon qilinayotganlarning shaxslari aniqlandi

OAV: Bryusseldagi teraktning uchinchi ijrochisi Abdislomning xabarchisi bo‘lib chiqdi

Top