10:23 / 24.03.2016
1277

Avstraliya: Mozambikda topilgan samolyot bo‘laklari MH370 bortiga tegishli

Avstraliya hukumati mart oyi boshida Mozambikda topilgan samolyot bo‘laklari 2 yil oldin bedarak yo‘qolgan Malaysia Airlines aviakompaniyasining MH370 reysini amalga oshirgan Boeing 777 samolyotiga tegishli ekaniga ishonch bildirdi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Avstraliya transport va infratuzilma vaziri Chesterning ma'lum qilishicha, samolyotni izlash bilan shug‘ullanayotgan malayziyaliklar guruhi ham Mozambikda topilgan ikkita bo‘lak Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing 777 samolyoti deya qaror qilgan.

"Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, bu qoldiqlar aniq MH370 bortiga tegishli", deydi Chester.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat ilgari Fransiyaning Hind okeanidagi Reyunon orolidan samolyot qanotining parchasi topilgan va mutaxassislar u Boeing 777 samolyotiga tegishli ekanligiga ishonch bildirgan edi.

Malaysia Airlines’ning Kuala-Lumpurdan Pekinga uchib ketayotgan samolyoti 2014 yil 8 martga o‘tar kechasi radarlardan yo‘qolib qolgan edi. Kema bortida 239 kishi bo‘lgan.

JARda 2 yil oldin izsiz yo‘qolgan Malayziya samolyotiga tegishli bo‘lak topildi

Top