07:20 / 24.03.2016
2014

Britaniyaliklar dunyodagi eng katta havo transportini taqdim qilishdi

Britaniyaning Hybrid Air Vehicles (HAV) kompaniyasi ulkan Airlander 10 dirijablini yig‘ishni yakuniga yetkazdi. Dirijabl o‘zidan o‘tmishda qo‘llangan havo apparati va zamonaviy texnologiyalarni birlashtirgan gibrid transport vositasini aks ettiradi. Avvalboshdan Airlander 10 AQSh ehtiyojlari uchun loyihalangandi, biroq bir qator sabablarga ko‘ra loyiha muzlatib qo‘yilgandi, uning keyingi taqdiri esa orosat bo‘lib qolgandi. HAV yaratilgan ishlanmalarni yo‘qotmaslik uchun havo kemasini fuqarolik maqsadlari uchun qayta takomillashtirdi.

Airlander 10 korpusi uzunligi 92 metr bo‘lib, u dunyodagi eng katta samolyot  An-225 "Mriya"dan 8 metr uzunroqni tashkil qiladi. Dirijabl turli yuzalarga, jumladan suvga ham qo‘na oladi. U havoda qo‘nishsiz 5 kun parvoz qila olishi mumkin. Dirijablning maksimal tezligi 150 km/soatni tashkil qiladi, to‘liq yuk ko‘taruvchanligi 10 tonnani tashkil qiladi. Qurilma hajmi 38000 kub metrni tashkil qiladi, uni havoga ko‘tarish uchun deyarli shuncha siqilmagan geliy talab etiladi. Airlander 10’ni 4 ta V8 dvigateli harakatga keltiradi. Dirijabl yaratuvchilarining aytishicha, agar dirijabl qobig‘ida yuzlab teshiklar hosil bo‘lsa ham u 4-5 soat davomida parvozini davom ettiradi oladi. Airlander 10 mutlaq shovqinsiz harakatlanadi, ekologik toza, atrof-muhitni ifloslantirmaydi va kompaniya fikricha, havo industriyasi uchun istiqbolli ishlanma hisoblanadi. Qurilma yetib borish qiyin bo‘lgan joylarga yuk yetkazishi, sport translyatsiyasi va politsiya kuzatuvi olib borishi, yo‘lovchilarni sayyohlik va ko‘ngilochar maqsadlarda tashib yurishi mumkin.

Kompaniya yozda dirijablning sinov parvozlarini o‘tkazmoqchi va unga xaridor topmoqchi. Havo qurilmasining taxminiy narxi 40 mln dollarni tashkil qiladi. Hozircha dirijabl o‘zining ilk sinov parvozida o‘zi turgan angarda yerdan bir metr balandroqqa ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi.

Top