00:05 / 24.03.2016
1339

Bryusselda teraktlar qurbonlari xotirasi yod etilmoqda

Bryusselning markazidagi maydonda 22 martda shaharda bo‘lib o‘tgan teraktlar qurbonlari xotirasini yod etish uchun odamlar to‘planmoqda.

Bryussel aholisi shamlar va gullar olib kelishmoqda hamda qurbonlar xotirasini bir daqiqalik sukut saqlash bilan yod etishmoqda.

22 martda Bryusselda 3 ta – aeroportda ikkita va metroda bitta portlash sodir etildi. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, teraktlar oqibatida 32 kishi halok bo‘lgan, 270 kishi jarohat olgan. Portlash uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

Top