08:52 / 25.03.2016
1350

Kerri Bryusseldagi teraktlardan keyin Putinning qarorlariga munosabat o‘zgarganini aytdi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Moskvaga tashrifi natijalariga ko‘ra AQSh Rossiya prezidenti Vladimir Putin oxirgi vaqtlarda qabul qilayotgan qarorlarni yaxshiroq tushunishni boshlaganini aytdi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda.

"Bryusselda yuz bergan dahshatli teraktlardan keyin ular bugungi kunda bizning oldimizda qanday masalalar turganidan eslatma ekanligini unutmaslik kerak. Gap Suriyadagi ixtilofni tartibga solish, uni batamom yakunlash va barcha e'tiborni IShIDni yo‘q qilishga qaratish zarurligi haqida ketmoqda", deb aytdi Kerri Putin bilan uchrashuvdan keyin.

Kerri "Putin oxirgi vaqtlarda qabul qilgan qarorlarni yaxshiroq tushuna boshladik va qanday qilib yaxshiroq olg‘a borish kerakligini tushunmoqdamiz", deb aytdi.

Top