21:02 / 25.03.2016
1514

Lionel Messi: «Men uchun Obama va uning qizlari bilan uchrashish katta sharaf bo‘lardi»

«Barselona» jamoasi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi AQSh prezidenti Barak Obamaning Argentinaga safari davomida hazilomuz tarzda «o‘z qizlari Messi bilan uchrashishni istayotgani, lekin hanuzgacha bu uchrashuvni tashkil eta olmagani» bo‘yicha aytgan gaplariga munosabat bildirdi.

«Albatta, janob Obamaning gaplari meni hayron qoldirdi. Axir, aslida barchasi aksincha.

Men uchun u va uning qizlari bilan uchrashish ulkan faxr tuyg‘ularini berardi. Lekin mening tushunishim bo‘yicha, mening ular bilan uchrashishim oson bo‘lmaydi.

Yana ham bilmadim, balki bu iloji bor ishdir. Balki, u shunchaki o‘sha vaqtda Argentinada bo‘lgani uchun shunday degandir. Lekin aytishim mumkinki, o‘sha gap barcha kabi meni ham hayron qoldirdi», – deydi Messi.

Obama o‘z qizi Messi bilan tanishishni istayotgani haqida aytdi

Top