08:36 / 25.03.2016
1383

Shimoliy Koreya yetakchisi Seulga zarbalar berishga tayyorlanishga chaqirdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat armiyasi Seuldagi hukumat binolariga zarba berish haqidagi buyruq berilishi bilanoq bunga tayyor turishi kerakligini aytdi. Bu haqda "Ryonxap" axborot agentligi ma'lum qildi.

Kim Chen In artilleriya qo‘shinlarini ko‘rikdan o‘tkazayotganda Janubiy Koreya poytaxtidagi hukumat binolarini "shafqatsizcha" yo‘q qilishga tayyor turish kerakligini aytdi.

U askarlar "jangovar ruh bilan to‘lib-toshgan" va yuqori jangovar tayyorgarlik holatida bo‘lishlari kerakligini ta'kidlab o‘tdi.

Top