11:23 / 25.03.2016
1878

Treklar uchun mo‘ljallangan Chevrolet Camaro usti ochiq ko‘rinishiga ega bo‘ldi

Chevrolet kompaniyasi treklar uchun mo‘ljallangan Camaro ZL1 sportkarining usti ochiq modifikatsiyasini namoyish qildi. Model Nyu-Yorkdagi motorshouda ilk bor namoyish qilindi.

Kabriolet 640 ot kuchiga ega, 8 silindrli, 6,6 litrli benzin dvigatel oldi. Dvigatel 10 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan juftlikda ishlaydi. Kabriolet kompaniyaning Camaro ZL1 kupesidan keyin bunday uzatmalar qutisi bilan jihozlanayotgan ikkinchi modeli bo‘ldi.

Kompaniya vakillarining aytishicha, treklarga mo‘ljallangan kabriolet kupe variantiga o‘xshash ko‘rsatkichlarga ega, biroq uning aniq ko‘rsatkichlari keltirilmadi.

Sportkar magnitoreologik sozlanuvchi amortizatorlar, orqa differensialning elektron boshqaruvli blokirovkasi, olti porshenli Brembo tormoz mexanizmlari, 20 dyuymli disk g‘ildiraklari va Camaro uchun maxsus yaratilgan Goodear Eagle F1 Supercar shinalariga ega adaptiv podveska (kuzov ostidagi detallar to‘plami) bilan jihozlangan.

Nyu-Yorkda shuningdek Camaro ZL1 kupesi ham namoyish qilindi. U yil oxirida sotuvga chiqariladi. Kupening kabriolet varianti esa 2017 yildagina sotuvda paydo bo‘ladi.

Top