12:18 / 26.03.2016
1294

Parij teraktlari tashkilotchisi sifatida gumon qilinayotgan shaxsning uyidan Bryussel aeroportining xaritasi topildi

Parijdagi qo‘poruvchiliklarni uyushtirishda gumon qilinayotgan Abdulhamid Abaudning Afinadagi xonadoni tintuv qilinganda kompyuter va fleshka topilgani haqida Belgiya OAVi xabar qilmoqda. Qayd etilishicha, ularda Bryussel aeroporti xaritasining elektron nusxasi ham bo‘lgan.

Abdulhamid Abaud 13 noyabr kuni Parijda sodir etilgan teraktlardan so‘ng Sen-Deni shahrida o‘tkazilgan maxsus amaliyot chog‘ida o‘ldirilgan edi. Uning uyida terrorchilar to‘plangani aniqlangach, hujum qilingandi.

O‘tgan yilning 13 noyabrida Parijda bir nechta terroristik hujumlar amalga oshirilgan, qahvaxonaning o‘qqa tutilishi, «Bataklan» teatrida insonlarning garovga olinishi hamda «Stad de Frans» stadionida amalga oshirilgan portlashda 130 kishi halok bo‘lgandi.

Shu yilning 22 martida esa Bryusselda 3ta portlash sodir etildi. Aeroport va metroda yuz bergan hodisalarda ortiq odam qurbon bo‘lgan, 300 nafardan ziyod kishi yaralangan.

Top