15:07 / 26.03.2016
1639

Putinning maslahatchisi 1 dollarni 23 rublga tenglashtirdi

Rossiya valyutasining Amerika dollariga nisbatan joriy kursi 3 barobar tushib ketdi, deb hisoblaydi Rossiya prezidentining maslahatchisi Sergey Glazev. "Rus yangiliklari xizmati"da u bir dollarni sotib olish qiymati 23-25 rublga to‘g‘ri kelayotganligini e'lon qildi.

"Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti — IHTTning belgilagan bahosi shunday. Rossiya va AQSh mahsulotlari solingan savatlar olinadi hamda undan 100 dollarga Amerikada qancha va Rossiyada qancha mahsulot olish mumkinligi aniqlanadi", — deb izoh beradi Glazev. U mazkur usulni 50 yildan buyon qo‘llanib kelinayotganini ta'kidladi.

Hozirgi vaziyatda davlat rahbari maslahatchisining fikricha, "Ushbu kursni uzoq muddatga belgilab qo‘yilishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi, ammo 1 dollarga 25 rubl qiymatida emas. Buni oxirigi ikki yildagidek 60-80 rubl qiymatida belgilash lozim. Shuningdek, Glazev Markaziy bankning bozorga qaytishi iqtisodiyotni me'yorga keltirish uchun zarurligini ta'kidlab o‘tdi.

Markaziy bankning saytida xabar berilishicha, dam olish kunlari va dushanba kunida bir dollarning qiymati 68,43 rublni, bir yevro esa 76,4 rublni tashkil etadi.

Top