09:09 / 27.03.2016
1414

Saudiya Arabistoni termasi Spalettiga yiliga 15 million yevro maosh taklif qildi

«Roma» bosh murabbiyi Luchano Spalettiga Saudiya Arabistoni terma jamoasini boshqarish taklifi berildi.

Football Italia nashrining xabar qilishicha, Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi italiyalik murabbiyga taklif bilan chiqqan. Ularning taklifi yiliga 15 million yevrolik maoshni o‘z ichiga olgan.

Lekin, Spaletti bu taklifni rad etishi aytilgan.

Qayd etish kerakki, «Roma» rahbariyati Spaletti ketgan taqdirda uning o‘rnini bosadigan murabbiy qidirishni boshlagan.

Top