19:09 / 27.03.2016
1737

Toshkentdagi 12- va 26- yo‘nalishlardagi tramvaylar harakati qayta yo‘lga qo‘yildi

27 mart, yakshanba kuni Toshkentdagi 12- va 26- yo‘nalishlarda tramvaylar o‘z ishini qaytadan boshladi. Bu haqda 2- tramvay deposiga asoslangan holda «Gazete.uz» xabar tarqatgan.

26 mart kuni har ikki yo‘nalishda ham tramvaylar faoliyat ko‘rsatmagandi va bu yo‘nalishlar yopilgani haqida xabar berilgandi.

Depodagilar va tahririyat axborot manbalari mazkur yo‘nalishlarning yopilishi ehtimoli to‘g‘risida ma'lum qilishgandi.

Top