17:39 / 28.03.2016
1663

31 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati beshinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati beshinchi yalpi majlisi 2016 yil 31 mart kuni ertalab soat 10.00 da Toshkent shahrida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlislar zalida ochilishi ma'lum qilindi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a'zolari 2016 yil 30 mart kuni soat 9.00 dan 18.00 ga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binosining foyesida ro‘yxatga olinadi”, deyiladi berilgan ma'lumotda.

Top