14:09 / 28.03.2016
3614

Apple kompaniyasi 2017 yilda iPhone 4 dizayniga qaytishi mumkin

iPhone 5S korpusida taqdim etilgan iPhone SE smartfonidan so‘ng kompaniya o‘z mijozlarini hayratda qoldirish ustida ishlamoqda.

KGI Securities ma'lumotiga ko‘ra, 2017 yildan kompaniya egiluvchan AMOLED-displeylariga o‘tishni rejalashtirgan. Mish-mishlarga ko‘ra, iPhone plastik, keramika yoki shisha va Apple tomonidan ishlab chiqilgan “suyuq metall”dan tayyorlangan egilgan korpusda bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, iPhone 2017 yilda hammaga mashhur iPhone 4 dizaynini meros qilib olishi mumkin, lekin egilgan shisha va katta ekran bilan jihozlanishi rejalashtirilgan.

Ekran atrofidagi ramkalar ingichka bo‘ladi, iPhonega 5,5 dyuym ekran o‘rniga 5,8 dyuymli ekran o‘rnatilishi mumkin. Shuningdek, Apple qurilmalari uch xil o‘lchamdagi smartfonlar turini saqlab qoladi.

Smartfonni yaratishda shishadan foydalanish qurilmadan olinadigan taktil hissiyotlarni yaxshilaydi, shuningdek, Touch ID texnologiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekranning o‘ziga o‘rnatishga imkoniyat beradi. Bundan tashqari, yangi avlod ayfonida foydalanuvchilarni yuz tuzilishi bo‘yicha aniqlash imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin.

KGI xodimlari xabarda yangi iPhone’da simsiz quvvat olish haqida aniq ma'lumot taqdim etishmadi, lekin tarmoqlarda Apple bu texnologiyani yangi smartfonlarida o‘rnatish ustida ish olib borayotganligi haqida ma'lumotlar tarqagan edi.

Top