20:56 / 28.03.2016
1450

Erdo‘g‘an: Turkiya yarim yil ichida 5 mingdan ziyod jangarini yo‘q qildi

Turkiya maxsus kuchlari 2015 yilning iyul oyidan buyon o‘tgan vaqt ichida Kurdiston ishchilar partiyasi a'zolari bo‘lgan 5 mingdan ziyod jangarini yo‘q qilgan. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, iyul oyida Turkiya va kurd guruhlari o‘rtasidagi o‘t ochish bo‘yicha kelishuv buzilgach, o‘tkazilgan amaliyotlar natijasida tashkilotning shuncha a'zosi bartaraf etilgan.

Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, amaliyotlar davomida hukumat kuchlari safidagi 355 harbiy halok bo‘lgan.

Top