23:53 / 28.03.2016
1597

Jon Kerri Boris Nemtsovning qizi va yana 13 ayolni jasorat uchun mukofoti bilan taqdirlaydi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri 14 ayolga xalqaro mukofot topshiradi, ular orasida marhum Boris Nemtsofning qizi Janna Nemtsova ham bor. Bu haqda AQSh Davlat departamenti saytida ma'lum qilindi.

Ta'kidlanishicha, "mukofot har yili tinchlik, adolat, inson huquqlari, gender tengligi va ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishni himoya qilishda, ko‘p hollarda o‘z hayotini xatarga qo‘ygan holda, favqulodda jasorat va yetakchilik sifatlarini namoyon qilgan dunyo ayollariga topshiriladi".

Davlat departamenti ma'lumotlariga ko‘ra, 2007 yilda bu mukofotga 60 ta davlatdan 100 ga yaqin ayol munosib topildi.

Janna Nemtsova bu mukofotni Rossiya vakili sifatida oladi. Mukofot shuningdek Bangladesh, Beliz, Xitoy, Fransiya, Gvatemala, Iroq, Malayziya, Mavritaniya, Slovakiya, Sudan, Tanzaniya, Tailand, Yaman vakilalariga topshiriladi.

Top